Kampirtepa

Uzbekistan / Surhondar / Oqqorgon /
 ruins (en), place with historical importance (en), archaeological site (en), fortification (en), 1st century construction (en)

Kampirtepa — qad. shahar harobasi (mil.av. 3—mil.Z-a.). Amudaryoning oʻng sohilida, Surxondaryo viloyatidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,5 km gʻarbda joylashgan. K. 2 qism; qalʼa va undan gʻarb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan oʻralmagan qismdan iborat. Gʻarbdan sharqqa tomon umumiy uz. 750 m, shim. dan jan.ga —200–250 m. Qalʼa (mayd. 4 ga) ark va turar joylardan tashkil topgan. Uning atrofi qalinligi 5 m keladigan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan; devorga ichki yoʻlaklar qilingan, burchaklarida minoralar oʻrnatilgan boʻlib, xandaq bilan oʻralgan. Ark qalʼaning markaziy qismida joylashgan, jan. tomondan uning bir kismini suv yuvib ketgan. Arkning mayd. — 1, 3 ga, jan.-sharqiy burchagida darvozasi boʻlgan. Ark xom gʻishtdan qalinligi 5 m ga yaqin devor bilan qurshalgan. Devor atrofi kengligi 10 m lik xandaq bilan oʻrab olingan. Arkning ichki qismida turli maqsadlar uchun moʻljallangan xonalar joylashib, ular oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan 4 ta yirik blokni tashkil qiladi. K.ning mustahkamlan-magan qismi, asosan, dafn inshootlari majmuasi bilan band. Uning shim. gʻarbiy qismida, 0,5 ga lik maydonda naus tipidagi 10 dafn inshooti joylashgan boʻlib, ular hajmi 33—34—35 X 33—34—35 X 13—14 sm lik kvadrat shakldagi xom gʻishtdan terilgan. Shar-qiy qismda yana bir dafn inshooti boʻlib, uning tarhi toʻrtburchak, shim.dan jan.ga tomon choʻzilib, uz. 66,5 m, kengligi 3—4,2 m boʻlib, bir-biridan yoʻlaklar bilan ajratilgan uchta binodan iborat. K.ning mana shu qismidan tarhi aylana shaklda boʻlgan xumdon topilgan. K.dagi hayot uchta asosiy davrga boʻlinadi: B i r i n ch i davr (mil.av. 3—2-asrlar) — K.ning jan. qismida, boʻlajak ark oʻrnida qalʼaning vujudga kelishi; Yunon-Baqtriya podsholigi davriga oid turar joilarning katta qismini Amudaryo suvi yuvib ketgan. Ikkinchi davr (mil. av. 2— 1-asrlar) — ark oʻrnida hayot qisman jonlana boshlagan. Uchinchi davr (mil. 1—2-asrlar) — K.ning yuksalgan davri, mustahkam qalʼa bunyod etilishi, uning tizimining shakllanishi. K.dan koʻplab sopol idishlar, bezak buyumlari, haykalchalar va b. topilgan.
Nearby cities:
Coordinates:   37°24'37"N   67°1'39"E
  •  24 km
  •  154 km
  •  192 km
  •  202 km
  •  282 km
  •  298 km
  •  340 km
  •  348 km
  •  366 km
  •  372 km
This article was last modified 3 years ago