Wikimapia is a multilingual open-content collaborative map, where anyone can create place tags and share their knowledge.

Kogon

Uzbekistan / Buxoro / Kogon /
 shahar, district center (en)
 Upload a photo

Kogon (1935 yilgacha Yangi Buxoro deb atalgan) — Buxoro viloyatidagi shahar (1929 yildan); Kogon tumanining maʼmuriy markazi. Temir yoʻl tuguni. Kanpir devor qoldiqlari ichkarisidagi obod yerda. Viloyat markazi Buxorodan 12 km janubi-sharqda, Buxoro—Qarshi avtomobil yoʻli yoqasida. Shahar 220 m balandlikdagi tekis yerda joylashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —0,6°, iyulniki 29,6°. Yillik yogʻin 125 mm. Hargush kanalidan suv oladi. Maydoni 14,7 km². Aholisi 53,3 ming kishi (2002), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholisining aksari qismi temir yoʻl transportida ishlaydi.

Oʻtgan asrlarda K. oʻrnida shu nomda qishloq va yirik somon bozori boʻlgan. Shahar nomining kelib chiqishi ham shu somon bozori bilan bogʻliq degan taxminlar mavjud. Shundan kelib chiqib "kohkon" (koh fors. — somon), yaʼni somon koni atamasi haqiqatga yaqinroq. Keyinchalik bu nom oʻzgarib Kogonga aylangan boʻlishi mumkin. K. etimologiyasining boshqa, ishonchsiz variantlari ham bor. Shahar sanoat tarmoqlarining shakllanishi Buxoro amirligi davrida mahalliy aholi kuchi bilan qurilgan (1888) Zakaspiy (Krasnovodsk — Toshkent) temir yoʻlning Yangi Buxoro orqali oʻtishi bilan bogʻliq. 1920-yillargacha K.da yogʻ zavodi qurilgan, toshbosma (unda Narshaxiyning "Buxoro tarixi" va boshqa asarlar bosilgan), temir yoʻl idorasi qoshida maktablar, paxta firmalari, turli savdo banklarining boʻlimlari ochilgan. Keyingi davrda yangi sanoat korxonalari va madaniy obʼyektlar qurildi. Gazli —Kogon gaz quvuri oʻtkazildi, 1959 yilda gaz kompressor stansiyasi barpo qilindi.
K.da 20 dan ortiq yirik korxona faoliyat koʻrsatadi. Paxta tozalash, yogʻ, gipsohak zavodlari, 2 avtokorxona, lokomotiv va vagon depolari va boshqa mavjud. K. avtomobil yoʻllari orqali viloyat markazi va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Shaharda 10 umumiy taʼlim maktabi, litsey, kasbhunar maktabi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 klub, 3 madaniyat uyi, 9 jamoat kutubxonasi, stadion, 20 dan ortiq sport inshootlari bor. 2 kasalxona (har 10 ming aholiga 33,6 vrach, 88,1 tibbiy hamshira) mavjud.
K.da tarixiy-meʼmoriy yodgorliklardan Shohmasjid, Shohinajib (Zirobod) masjidlari, Buxoro amiri Abdulahadxoniint 1894—1903 yillarda Yevropa va Sharq uslublarini uygʻunlashtirib qurdirgan hashamatli saroyi (1947 yildan shahar temiryoʻlchilari madaniyat saroyi) saqlanib qolgan.
Nearby cities:
Coordinates:   39°43'29"N   64°33'2"E
  •  45 km
  •  70 km
  •  118 km
  •  135 km
  •  136 km
  •  146 km
  •  188 km
  •  197 km
  •  208 km
  •  359 km
Array
This article was last modified 5 years ago