Wikimapia is a multilingual open-content collaborative map, where anyone can create place tags and share their knowledge.

Sherobod

Uzbekistan / Surhondar / Oqqorgon /
 shahar, district center (en)
 Upload a photo

Sherobod — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. Sheroboddaryoning oʻng sohilida joylashgan. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Termizdan 59 km, yaqin t.y. stansiyasi — Navshahar (42 km). Aholisi 24,2 ming kishi (2000). Sh. ikki ming yildan ziyod tarixga ega. U Shahri Xaybar deb atalib, makedoniyalik Aleksandr davrida ham mavjud boʻlgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Sh. yonidagi Jondavlattepa mil. av. 6—5-asrlarga, shahrining shim. chekkasidagi Kofirqalʼa shahar xarobasi (maydoni 14 ga) mil. 1-asrga oid, uning arkida oʻrta asrlarda ham hayot davom etgan. shahridan 1 km shim.da, Nondahana darasi yonida mustahkam mudofaa devori bilan oʻralgan manzilgoh joylashgan, u muhim savdo yoʻlini qoʻriqlash maqsadida bunyod etilgan. V.V.Bartoldning taxminicha, Sh. hozirgi nomini 18-asr boshlarida olgan boʻlib, Sheroboddaryoning oʻng sohilida qalʼa qurgan oʻzbeklarning qoʻngʻirot qabilasi hukmdori Sher Ali nomi bilan atalgan. Mahalliy rivoyatga koʻra, "SH." atamasi "Shorabot" — bosh rabot, bosh bekat maʼnosini bildiradi. Sh. yonida Termiz yoʻlidagi soʻnggi bekat — Roziq raboti (10-asr) bino boʻlgan. Sheroboddaryo oqib keladigan togʻ darasi yoqalab oʻrta asrlarda Turkistonni Afgʻoniston va Hindiston bilan bogʻlovchi muhim savdo yoʻli oʻtgan. 19—20-asr boshlarida Sh. Buxoro amirligiga qarashli beklik markazi boʻlgan.
Shaharda bir qancha aksiyadorlik jamiyati, paxta tozalash, gʻisht, sut, un mahsulotlari, keramika zdlari, kichik korxona va xususiy firmalar, qurilish va transport korxonalari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Sport majmuasi, stadion, sport zallari va maydonchalari, markaziy kasalxona va uning boʻlimlari, tugʻruqxona, poliklinika, dorixonalar, ayollar va bolalar konsultatsiyasi faoliyat koʻrsatadi. shahridan Qumqoʻrgʻon, Angor, Termiz va boshqalar shahar va aholi punktlariga avtobuslar qatnaydi.
Nearby cities:
Coordinates:   37°40'2"N   67°1'22"E
  •  47 km
  •  129 km
  •  164 km
  •  179 km
  •  253 km
  •  271 km
  •  318 km
  •  323 km
  •  342 km
  •  345 km
This article was last modified 3 years ago