Taxiatosh
Uzbekistan /
Korakalpogiston /
Taxiatosh /
World
/ Uzbekistan
/ Korakalpogiston
/ Taxiatosh
Dunyo / Oʻzbekiston / Qoraqalpogʻiston
shahar, third-level administrative division (en), district center (en)

Taxiatosh — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar. 1953 y. Bosh Turkman kanali quruvchilari ishchi posyolkasi sifatida vujudga kelgan. Amudaryoning chap sohilida, muhim transport yoʻllari yoqasida joylashgan. Aholisi 50,9 ming kishi (2004) Shaharda 14ta millat vakillari yashaydi. Transport yoʻli stansiyasi. Nukusdan 16 km uzoqlikda. Shaharning shim. va jan. qismlarida qad. sugʻorish kanallarining oʻzanlari saklangan.
T. Qoraqalpogʻistonning energetika va sanoat markazi. Taxiatosh IESi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazim viloyatini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Shahar issiqlik elektr styasi Oʻrta Osiyo elektr sistemasiga tutashtirilgan.
"Taxiatoshdon" aksiyadorlik jamiyati, maxsus yoʻlkoʻprik boshqarmasi, "Rosenergo" qoʻshma korxonasi, "Qusshishq" parrandachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
T.da 10 umumiy taʼlim maktabi (10354 oʻquvchi), bolalar musiqa maktabi, 3 kasbhunar kolleji (transport, qurilish va iqtisodiyot kollejlari, 2974 oʻquvchi), markaziy kutubxona va uning 8 ta filiali, 4 klub muassasasi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 2 kasalxona (220 oʻrin), kattalar va bolalar poliklinikalari, ayollar konsultatsiyasi, ruxiy kasalliklar dispanseri, Urush va mehnat faxriylari va "Aydoʻn jol" sanatoriylari mavjud. "Xalmq dauoʻsoʻ" (qoraqalpoq tilida) gaz. chiqariladi. T. maxsus yoʻlkoʻprik boshqarmasi "Buxoro—Nukus—Qoʻngʻirot— Beynov" avtomagistralining Ustyurtdagi (Qoʻngʻirot —Beynov) qismida qurilish ishlarini olib bormoqsa. T.dan Nukusga avtobus va poyezd qatnaydi.

Wikipedia article: http://uz.wikipedia.org/wiki/Taxiatosh
Nearby cities:
Coordinates: 42°20'25"N 59°34'49"E