Xoʻjayli
Uzbekistan /
Korakalpogiston /
Xojayli /
World
/ Uzbekistan
/ Korakalpogiston
/ Xojayli
Dunyo / Oʻzbekiston / Qoraqalpogʻiston
third-level administrative division (en), district center (en)

Xoʻjayli (Xoʻjeli) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanidagi shahar. Tuman markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida, Nukusdan 24 km; temir yoʻl stansiyasi, daryo pristani. Shahar oʻrtasidan Toshliyop kanali oʻtadi. Aholisi 75,4 ming kishi (Vodnik shaharchasi bilan birga, 2003). "Xoʻjayli" atamasi 17-asr oxiri —18-asr boshlarida paydo boʻlgan. Rus tadqiqotchisi A.L.Kunning Xoʻjayli haqida 1874 yil eshitgan rivoyatlardan birida Xoʻjayli qalʼasini Turkistondan koʻchib kelgan eshon Alamin Xoʻja qurgan. Shuningdek, mahalliy aholi orasida shaharga sufiylarning yassaviylik oqimiga mansub xoʻjalar tomonidan asos solingan degan rivoyatlar bor. Shahar atrofida mil. av. 4—3 asrlarda aholi yashaganligini arxeologik qazilmalar tasdiklaydi. Xoʻjayli yonidagi Mizdaxqon sh. xarobasi buning dalilidir. Xoʻjaylining tabiati, bozorlari, madrasalari, sugʻorish kanallari, aholisi toʻgʻrisida A. L. Kun, Vasily Bartold va boshqa tomonidan yozib qoldirilgan manbalardan maʼlum. Yangi Xoʻjayli (temir yoʻl stansiyasi) 1952—53 yillarda temir yoʻl oʻtkazilishi munosabati bilan qurilgan.
Xoʻjaylida paxta tozalash, gʻisht, yogʻmoy, sut zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, non, goʻsht ktlari, gaz kompressor stansiyasi, 4 avtokorxona mavjud, mehribonlik uyi, 20 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kasbhunar kollejlari, 2 musiqa, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, xalq teatri, 4 madaniyat uyi, 14 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi va Xotira xiyoboni bor. Markaziy kasalxona va uning tarmoklari, poliklinika, 2 tibbiy dispanser, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi faoliyat koʻrsatadi.[1]

Wikipedia article: http://uz.wikipedia.org/wiki/Xoʻjayli
Nearby cities:
Coordinates: 42°25'23"N 59°26'59"E
- Taxiatosh 10 km
- Mangʻit 55 km
- Chimboy 65 km
- Gurlan 95 km
- Shovot 107 km
- Qo‘shko‘pir 119 km
- Xiva 126 km
- Beruniy 130 km
- Xazorasp 180 km
- Novoishimka 1318 km
- Ipak Joli 14 km
- Hamkor Bank 14 km
- ул. Маршала Гречко, 72 17 km